Dasturim.uz
O’zbekcha dasturlar, o’yinlar, android, kitoblar
Informatika fanidan mobil darslik
Android qurilmalari uchun Musulmon taqvimi dasturi o’zbek tilida
Android qurilmalari uchun “HTML darslar” dasturi
Android qurilmlari uchun “HTML sinov” dasturi
Androidlar uchun kitob tayyorlovchi dasturni bepul o’rnatib beruvchi o’zbekcha kompyuter dasturi
Android tizimlari uchun ‘Rus tili matnlar’ dasturi
Ingliz alifbosini o’rgatuvchi dastur endi Android qurilmangizda
Android tizimlari uchun JAVA dasturlash tilini o’rgatuvchi dastur…
Uzoq kutilgan qo’llanma – Android tizimi uchun “Informatika” dasturi
Androidlar uchun “Ingliz tili shpargalka” dasturi – bepul!
Linux operatsion tizimi
Linuks operatsion tizimi (ОТ), boshqa OT kabi, zamonaviy kompyuterning ishini ta’minlovchi asosiy qismdir. Unga 1991 yilda, o’sha vaqt hali talaba, Linus Torvalds asos solgan. U qisqa vaqt ichida kompyuter ishqibozlari orasida tez tarqaldi. Hozirgi kunda, u tez rivojlanayotgan OT dan biri hisoblanadi. Allaqachon u faqat “g’alati” kompyuter ishqibozlari uchun deb hisoblanmaydi, chunki u axborot texnologiyalar bozorida o’z o’rniga ega IBM, Novell, SUN kabi katta kompaniyalar unga ko’p millionli investitsiya qilmoqda.
Nima uchun Linuks o’ziga katta e’tibor qaratmoqda? Nima uchun Microsoft o’zining biznesiga havf-hatarlar orasida iqtisodiy inqirozdan keyin aynan Linuksni tan oladi?
Birinchidan, Linuksning asosi UNIX ОТ ga o’xshaydi. UNIX ОТ birinchi ОТlardan biri bo’lib texnik nuqtai nazardan eng mustahkam va himoyalangan hisoblanadi. Ammo asosiy sabab bu emas. Eng asosiy sabab – boshqalardan, masalan Windows yoki UNIXdan, farqi Linuks bitta kompaniya yoki shaxsga tegishli emas. uning egasi – hamma. Buning hammasi GPL litsenziyasi tufayli, Linuks aynan shu litsenziya shartlari asosida tarqatiladi. bu litsenziya, aniqrog’i kelishuv, nima bilan boshqalardan farqli? Bu litsenziyaning shartlari bo’yicha dastur kompyuter tilida yozilgan asl kod bilan birga tarqaatiladi (sotiladi). Bu degani istalgan kishi unga o’zgarish kiritishi mumkin, ammo o’zgarishlar hammaga ochiq bo’lishi shart. Linuks ustida ishlash uchun dasturchilar inernetda foydalanishini hisobga olsak, hamma internet foydalanuvchilari imkoniyatlariga yarasha potensial Linuks tuzuvchisi hisoblanadi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, olmoniya va fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar turli sohalarda Windows ОТni Linuks bilan almashtirish yo’llarini jiddiy o’ylab ko’rmoqda. Sabablaridan biri – Microsoft o’zining monopolist tabiati tufayli o’ziga qulay bo’lgan shartlarni oldin surmoqda va bundan tashqari xato va nosozliklar tez-tez uchrab turadi.
Linuksning rivojlanishiga hissa qo’shuvchi minglab ishqibozlar soniga kompyuter muhandislaridan tashqari xato va nosozliklar haqida xabar qiluvchi foydalanuvchilar, ko’plab Internet forumlarda bir-biriga yordam beruvchi foydalanuvchilar, kompyuter grafikasi bo’icha rassomlar va Linuks uchun qo’llanma yozuvchilar kiradi. Bundan tashqari, ularning safiga albatta tarjimonlar ham kiradi. Ular tufayli Linuks eng ko’p tilga tarjima qilingan OT hisoblanadi. Buning hammasi aksariyat holda beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi. Shuning uchun Linuks davrimizning nafaqat texnik balki ijtimoiy hodisasidir.
Tabiiyki, AQSH va Yevropa mamlakatlari kabi rivojlangan davlatlarda tez tarqalmoqda. Ammo Linuks na iqtisodiy, na siyosiy chegaralarni biladi va albatta O’rta Osiyoni ham chetlab o’tmadi. Matbuot nazaridan chetda qolgan bo’lsa ham, mana bir necha yil davomida Linuks ishqibozlari, “Linux o’zbekcha gapiradi” va Khujand.org loyihalari, uni O’zbekiston va Tojikiston sharoitlariga moslash bilan shug’ullanib kelmoqda. Qirg’izistonlik ishqibozlar ham qirg’izcha Linuks ustida ishlamoqda.
O’zbekchaga tarjima qilingan OT 14 oktabrda chiqqan Mandrake Linux 9.2 hisoblanadi. Shuning uchun bu sana o’zbekcha Linuksning tug’ilgan kuni hisoblanadi. Yaqin orada o’zining foydalanuvchilari huzuriga Mandrake Linux ОТning yaxshilangan versiyasi chiqadi. Shuni aytib o’tish kerakki, uni Internetdan bepul va qonuniy ravishda yozib olish mumkin. Uni o’rnatish uchun qo’llanmani” Linux o’zbekcha gapiradi” loyihasiga bag’ishlangan veb-sahifadan topish mumkin.
Bundan tashqari o’sha yerda o’zbek tilida Linuks va u uchun dasturlar haqida ma’lumot almashish uchun forum ham bor. Bu bilan o’zbekzabon foydalanuvchilar savol-javob usulida muammolarni yechib Internetda o’zbek tilidagi ma’lumotni boyitishi mumkin. Linuksning tashqi ko’rinishi bilan tanishmoqchi bo’lganlar uchun ham alohida sahifa bor. Loyihaning o’ziga xos hususiyati – kompyuter atamalari bo’yicha lug’at. U yerda istagan kishi tarjimaga oid o’z takliflarini kiritishi mumkin. Ushbu lug’at harakatni markazlashtirish va yagona andoza ishlab chiqish maqsadida yaratilgan.
Loyihaning yana bir noyob natijasi o’zbek tilida yozilgan matnning imlosini tekshirish imkoniyatini yaratuvchi vositadir. Hozirgi kunda matn tahrirchi, xat-xabar va chat kabi dasturlarda bunday imkoiyat allaqachon mavjud. Bu qulaylikni yaratuvchi o’zbekcha lug’atda 30000 dan ziyod so’z bor.
Loyihadagi hamma ish bo’sh vaqtda, beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi.Ayni paytda loyiha homiyga ega emas, hamma harajatlar shaxsiy cho’ntakdan qoplanmoqda. Loyihaning hamma natijalari GPL litsenziya asoslarida tarqatiladi. ularni loyihaning veb-saytidan yoki ular qo’llanilayotgan turli joydan yozib olish mumkin.
Buning hammasi bir-ikkita “g’alati” kishilar tomonidan huzur olish uchun qilinayotganiga qaramasdan loyiha katta potensialga egaligini inkor qilib bo’lmaydi. Hmmaga ma’lum, axborot texnologiyalar sohasida ishlayotgan mutaxassislar rusiyzabondir, chunki Respublikada zamon andozalariga to’g’ri keladigan texnika bo’yicha kitob qo’llanmalar yetishmaydi. Kompyuterning muloqot tili ham rus tili. Har yili ruszabonlar yoki rus tilini biladiganlar kamayib boryapti. Ertaga bizning o’rnimizga keladigan yoshlarning aksariyat qismi rus tilini umuman bilmaydi. Agar bu sohada hech narsa o’zgarmasa, O’zbekiston katta muammoga, ya’ni kompyuter qo’llangan sohalarda malakali mutaxassis yetishmovchiligiga uchraydi. Kelajakni kompyutersiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Oddiy qilib aytadigan bo’lsak, Vasya amakining oldiga yugurish kerak bo’ladi.
Buning oldini olish uchun, balki Linuksni o’zbekchaga tarjima qilib uni o’quv tizimida qo’llab milliy mutaxassislarni tayyorlash arziydi? Balki, millionlab mablag’ni Rossiyadan kompyuter haqida kitob va jurnallarga sarflagandan ko’ra ularni o’zimizda o’zbek tilida chiqarish arziydi? Balki o’shanda Vasya amakining oldiga borish kerak bo’lmaydi? Menga qolsa, beparvo o’tirgandan ko’ra Vasya amakining oldiga borishni afzal ko’raman.
Linuksning falsafasi juda oddiy – kompyuter dasturlari erkin bo’lishi kerak. Biz yashayotgan dunyoda jamiyat ravnaqi uchun kompyuter dasturlari ham inson kabi erkin bo’lishi shart. Linuks o’ziga xos revolyutsiyadir (o’zgarish). O’zgarishni o’zingizdan boshlang. Linuksni o’rnating…
e-haker – Eldorbek To’rayev
Linux operatsion sisitemasi
Siz ishonmaysiz, jiddiy va mustahkam Yuniks tarixi Ken Tompson (Ken Thompson) tomonidan yozilgan, kichik bir o’yindan boshlangan ekan. Bu fikrni tushunish uchun o’tmishga nazar tashlash kerak.Uzoq 1964 yilda GE-645 rusumli kompyuter uchun yangi “Multiks” ( Multics) nomli operatsion tizimni yaratish ustida ishlar boshlangan ekan [2]. Loyihaning tashabbuschisi “Bell laboratories” kompaniyasi bo’lib, unga yordamchi “Jeneral Elektrik” mashhur kompaniyasi va Massachuset Texnologik Intstituti(MTI) bo’lgan.Demak, “Multiks” operatsion tizimidan nimalar kutilgan? Ge-645 ulkan va qimmatbaho kompyuter, uning ishlash vaqti juda qimmatga tushganligi sababli, protsessor vaqtini bo’lib, ko’p foydalanuvchilar birgalikda ishlatishni ta’minlaydigan tizim kerak bo’lgan.
Linux Operatsion Sistemasi haqida ma’lumot:
LINUX OPERATSION TIZIMI |
Linus Benedikt Torvalds (Linus Benedict Torvalds – 1969 y. tug’ilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo’lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. «Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi» xotiranomasida Linus: «Kirish qismini o’qiganimdayoq, Yuniks mohiyatiga tushunib, uni qudratli, mustahkam va go’zal operatsion tizim ekanligiga iqror bo’lganman, hamda o’sha zahotiyoq Yuniks ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan,» – deb yozadi.
1991 yili Linus bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan Intel 80386 protsessori asosida yangi kompyuter sotib oladi. Kompyuterga Miniks operatsion tizimini o’rnatib, miriqib bir oy o’rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga juda ko’p shikoyatlar paydo bo’ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab ma’lumot kirituvchi terminal qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet kompyuteriga ulanib, yangiliklar o’qimoqchi bo’lgan. Bu muammoni yechish uchun yosh xaker o’zining terminali, shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U Miniks tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muvofiq yangi, mustaqil dastur yaratadi. Modomiki, yana, fayllarni universitetdan uyga tortib olmoqchi bolganligi sababli, yo’l-yo’lakay yangi fayl tizimini yaratadi.
1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operatsion tizimning emblemasini (tamg’asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish jarayonida Torvalds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to’xtatalib, faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo’yicha emblemada pingvincha qorni to’q va baxtli qo’rinishda bo’lishi kerak. Texas shtati universitetining ilmiy xodimi Larri Ivingning (Larry Ewing) grafikasi tanlov g’olibi deb topilgan. Tasvir yaratilishi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Internetning quyidagi sahifasini tafsiya qilishadi
Linux bu zamonaviy UNIX ga o’xshash, POSIX standartini hondiruvchi shaxsiy kompyutеrlar va ishchi stantsiyalar uchun yaratilgan Operatsion tizimdir. Linux bu erkin tarhatiladigan UNIX – tizimi vеrsiyasidir. Bu tizimni Linus Torvald ishlab chiqgan bo’lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif hildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi kodday foydalanishi va o’zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq holdirishi shart. Tizimning hamma komponеntalari (hatto bеrilgan matnlar ham) erkin nusha olish va chеgaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o’rnatish sharti bilan, litsеnziyali tarhatiladi.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o’ziga xos o’rniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan dasturiy ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog’i orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo’ljallangan intеrfеyslari bo’lib, ular GUI (Graphic User Interface) – grafikali intеrfays hamda CLI(Command Line Interface) – konsol, ya’ni buyruqlar qatoridan iboratdir.
Linuxning asosiy uy saytining (homepage) bog’i: http://www.linux.org. Ushbu saytda opеratsion tizim haqida asosiy ma’lumotlar hamda yangiliklar bilan tanishish mumkin.
Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan O’zbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi bo’lib o’zbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatovning hissasi katta. Uning internedagi sayti: http://www-user.uni-bremen.de/
kmashrab/freax.homelinux.net. Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Statistikalarga qaraganda dunyodagi qudratli kompyuterlarining 90%idan ortig’I hozirgi kunlarda ham *nix-tizimlar boshqaruvida ishlab kelmoqda. Navbatdagi dunyo superkompyuterlar reytingi qilinganida, yuqori o’rinlarda turganlarining aksariyati Linuxning turli modifikatsiyalari yoki Unix-turkum operatsiyon tizimlari boshqaruvida. Dunyoning superkompyuterlarining 2012 yil iyunida top-500 ro’yxatiga kirganlarning aksariyatida yiliga ikki marotaba yangilanadigan Linux tizimining ustivorliklarini ko’rsatdi (500tadan 462 eng tez mashinalar Linuxda ishlaydi).
Top-500 g’olibi IBM BlueGene/Q bo’lib, unga Sequoia-tizimi AQShning Lourens nomidagi Liver dengiz milliy laboratoriyasida o’rnatilgan. 98034 tugunli hisoblash klasteri Gray seriyasi superkompyuterlar uchun Lunixning Compute Node Linux tizimidan, shu bilan birga kiritish-chiqarishni qayta ishlash uchun Red Hat Enterprise Linux tizimlaridan foydalaniladi.
Top-500 statistikasiga qaraganda Linuxning moslashtirilgan jamlanmasidan 500tadan 414ta tizim tashkil topgan ekan. Eng ommalashgan ishlatilish tizimlar sirasiga: SUSE Linux Enterprise Server 9 11 ta kompyuter tizimida, SUSE Linux Enterprise Server 10 – 8ta, Cray Linux – 7tada qo’llanilmoqda.
Boshqa OTlar qo’llanilishi bo’yicha quyidagicha ulushga ega: 500tadan 25 superkompyuter Unix oilasiga mansub tizimlardan foydalanadi, ularnning orasida IBM tomonidan ishlab chiqilgan Unix tipidagi AIX yopiq tizimi mashhur – 22 tizim. Kam ommalashganlik bo’yicha BSD hamda OpenSolaris tizimlari bo’lib ularning har birining bittadan tizimi o’rnatilgan.
O’n yil oldingi statistikaning hozirda aksi kuzatilmoqda, u vaqti 99.4% superkompyuterlar Unix tipidagi OTlar bilan qurollangan edi. Linux o’ziningzafarliyurishlarini 2003 yildaTjg-500 tizimi bilan boshlagan edi. O’shanda 500 superkompyuterdan 184 tasi ushbu OT bilan ta’minlangan edi.
Linux – ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili to’la honli opеratsion tizimdir (xuddi UNIX boshqa vеrsiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o’zida, bitta mashinada, ko’p foydalanuvchilar, parallеl holda, ko’pgina dasturlarni bajargan holda ishlashi dеgan so’zdir.
Linux tizimi. UNIX uchun qator standartlar bilan bеrilgan matnlar darajasida mutanosibdir (sovmеstim). UNIX uchun intеrnеt orhalierkin tarhatiladigan datsurlar, Linux uchun, amalda kam o’zgartirishlarsiz kompilyatsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari, Linux uchun hamma bеrilgan matnlar, ya’ni yadro, qurilmalar drayvеrlari, kutubxonalar, foydalanuvchi dasturlari va instrumеntal vositalar erkin tarhatiladi.
An’anaviy UNIX tizimlaridagi kabi, Linux bizga ma’lum 3 ta tizimni o’z ichiga olgan mikroyadroga ega.
Boshlovchilar uchun Linux Buyruqlar Satri bo’yicha qo’llanma
Ko’pincha buyruqlar satri bilan ishlashni eskirgan usul degan gaplarni eshitib qolamiz. Lekin bu usul Linuxda vazifalarni bajarishning eng elastik va kuchli yo’li hisoblanadi. Masalan, biror katalogdagi (hamda uning ichki kataloglari) hamma .doc fayllarni qidirib va ularni o’chirmoqchi bo’lsangiz, bu grafik interfeys orqali bir necha qadam bo’lishi mumkin. Linux buyruqlar satri orqali esa bu bir necha soniyaga boradi xolos.
Ushbu maqolada, Linux buyruqlar satri asoslari, katalog navigatsiyasi, fayl/katalog operatsiyalari haqida gaplashamiz.
1. Linuxda Uy katalogi nima?
Linux multi-foydalanuvchi operatsion tizimi, ya’ni bir necha foydalanuvchi bir vaqtni o’zida tizimga kirib ishlashi mumkin. Ishni yengillashtirish maqsadida, har bir foydalanuvchiga alohida kataloglar belgilangan va ular o’z shaxsiy fayllarini o’z kataloglarida saqlashadi. Ushbu katalog foydalanuvchi uy katalogi deb yuritiladi.
Foydalanuvchilar uy katalogi /home/ katalogi ichida joylashadi. Masalan, mening uy katalogim /home/nsarvar. E’tibor bergan bo’lsangiz, foydalanuvchi katalogi nomi, login nomi bilan bir xil bo’ladi. Agar siz Windowsda ishlagan bo’lsangiz, Linux uy katalogini Windowsdagi C:Users yoki C:Documents and Settings katalogidagi foydalanuvchilar papkalariga qiyoslash mumkin.
Foydalanuvchilar o’zlarining uy va uning ichidagi barcha kataloglarga to’laligicha boshqarish huquqiga ega. Ya’ni, ular bu yerda fayllar yaratib o’chirish, dasturlar o’rnatish va boshqa operatsiyalarni bajarishlari mumkin.
2. Qanday qilib joriy ishlab turgan katalog nomini aniqlash mumkin?
Linuxda shell buyruqlar satrini ochganingizda, dastlab uy katalogida joylashgan bo’lasiz. Bu sizning joriy ishlab turgan katalogingiz hisoblanadi va buni boshqa katalogga o’zgartirishingiz mumkin. Istalgan vaqtda joriy ishlab turgan katalogni to’liq manzilini bilish uchun pwd buyrug’ini bering.
Yuqorida misol qilib ko’rsatilgan pwd komandasi, foydalanuvchi hozir uy katalogidagi Documents katalogida turganini bildiradi. Bu holatda nsarvar@rvam:
/Documents buyruqlar satri “podskazkasi».
3. Kataloglarni qanday o’zgartiradi?
Linux fayl tizimi bo’ylab boshqa kataloglarga o’tish uchun cd buyrug’idan foydalaning. Bu buyruq katalogning qayerda joylashganiga qarab, uning nomi yoki to’liq manzilini talab qiladi.
Masalan, agar sizning ishchi katalogingiz /home/nsarvar/Documents, va siz /home/nsarvar/Documents/personal/ katalogiga o’tmoqchisiz: cd personal komandasini bajaring. Bu holatda shell buyruqlar satri joriy katalog ichidan personal katalogini qidiradi. Joriy ishchi katalogga bog’liq bo’lgan manzil yoki yo’l, bog’liq manzil,yo’l(relative path) deb yuritiladi.
katalogiga o’tmoqchi bo’lsangiz, u holda quidagi buyruqni kiriting:
“Daraxt»dagi bitta oldingi katalogga tezda o’tish uchun esa “cd… “ komandasini ishlating yoki orqaga qaytmoqchi bo’lsangiz
komandasini ishlating.
4. Kataloglar tarkibini ko’rish qanday?
Direktoriyaning tarkibini ya’ni ichidagi fayllar haqida ma’lumotni
ko’rish uchun ls komandasi qo’llaniladi. Agar bu komanda hech qanday
argumentsiz ishlatilsa, joriy ischi katalog kontentini chiqarib beradi.
Quida misol berilgan:
Boshqa istalgan katalogni tarkibini ko’rmoqchi bo’lsangiz, ls komandasiga argument sifatida shu katalog nomini kiritishingiz (agar u ichki-katalog bo’lsa) yoki to’liq manzilni ko’rsatish kerak.
Agar yaqindan kuzatgan bo’lsangiz, ls buyrug’ining natijasi rangli kod ko’rinishida. Bu har xil ranglar, har hil fayl turlarini bildiradi va fayllarni aniqlashni osonlashtiradi. Bilishingiz kerak bo’lgan asosiy ranglardan: Ko’k (Kataloglar), Oq (Matnli fayllar), Qizil (Arxivlar), Havorang (Linklar), Yashil (Ishga tushuvchi fayllar) va siyohrang (Rasmlar) ni bildiradi.
5. Fayl kontenti qanday ko’riladi?
Fayl tarkibini ko’rish uchun cat buyrug’idan foydalaning. Bu komandaga argument sifatida fayl nomini kiritishingiz shart. Quidagi rasmda ko’rsatilganidek, cat komandasi first faylining tarkibini ko’rsatim bermoqda. Shuningdek, bu yerda limit ham bor. Agar fayl katta bo’lsa, chiquvchi natija ham buyruqlar satri ekraniga sig’may qolishi mumkin.
Bu holatda, cat bilan birgalikda less buyrug’I ishlatiladi:
Tik chiziq (Pipe) “|» belgisi cat buyrug’I chiqargan natijani less
buyrug’iga o’tkazib yuboradi va siz faylni kontentini page+up va
page+down tugmalari yordamida harakatlantirishingiz mumkin. Chiqish
uchun “q» tugmasini bosing. Less buyrug’ini ham to’g’ridan-to’g’ri
6. Yangi fayl qanday yaratiladi?
Yangi fayl yaratish uchun touch buyrug’i mavjud. Bu komandaga fayl
nomini argument sifatida berish lozim. Masalan, test.log faylini joriy
ishchi katalogda yaratish uchun, quidagi komandani bajaring:
Joriy ishchi katalogdan boshqa joyda yangi fayl yaratish uchun, absolyut manzildan foydalanamiz. Masalan:
Eslatma: Faylni tahrirlash uchun Vi yoki Vim buyruqlar satri tahrirlagichidan foydalaning.
7. Faylni o’chirish / nusxalash / qayta nomlash
Faylni qayta nomlash uchun mv buyrug’ini ishlatamiz. Masalan, log.txt
dan new_log.txt ga o’zgartirmoqchi bo’lsangiz: mv log.txt new_log.txt.
Har doimgidek, agar fayl joriy katalogda mavjud bo’lmasa, absolyut
Bundan tashqari, mv buyrug’i faylni bir joydan boshqa joyga ko’chirish
uchun ham ishlatiladi. Bu grafik interfeysdagi “Qirqib
olish-Joylashtirish» operatsiyasiga to’g’ri keladi. Masalan, log.txt
faylini joriy katalogdan /home/nsarvar katalogiga ko’chiramiz:
Fayldan nuxsa olishda ishlatiladigan cp buyrug’I ham mv kabi ishlaydi.
Argument sifatida fayl manbasi va ko’chiriluvchi manzil beriladi.
Faylni o’chirish uchun, rm buyrug’I qo’llaniladi. Argument sifatida fayl
nomi beriladi. Masalan, rm log.txt komandasi joriy katalogdan log.txt
faylni o’chirsa, rm /home/nsarvar/practice/log.txt komandasi berilgan
katalogdan log.txt faylini o’chiradi.
Kataloglarni o’chirish uchun, rm buyrug’I bilan birga -r optsiyasini ishlating. Masalan,
buyrug’I practice katalogi ichidagi hamma fayl va sub-kataloglarni o’chirib tashlaydi.
8. Fayllarni qanday qidiradi?
Fayllarni qidirish uchun find buyrug’idan foydalaning. Argument sifatida
katalog manzili va fayl nomi argument sifatida so’raladi. Masalan,
lesson-1.cpp faylini /home/nsarvar/ direktoriyasidan qidirmoqchi
bo’lsangiz, find buyrug’ini quidagicha qo’llang:
Agar katalog manzili ko’rsatilmasa, fayl joriy ishchi katalogdan qidiriladi.
Shungdek, qidirishda belgilar guruhidan(wildcards) ham foydalanish mumkin. Masalan, hamma .doc fayllarni berilgan katalogdan qidirmoqchi bo’lsangiz:
“*» belgisi istalgan miqdordagi belgilarni anglatadi. Maslan, tech* quidagilarga to’g’ri kelishi mumkin: techspot, technology, technic va boshqalar.
9. Fayllar ichidan matnlar bo’yicha qidirish
Fayllar ichidan qidirish uchun, grep buyrug’idan foydalaning. Ushbu komanda argument sifatida kalit so’z va fayl nomini talab qilad va natijaga shu kalit so’z qatnashgan fayllar ro’hati chop etiladi.
Qatorlar sonini ham chiqarmoqchi bo’lsangiz –n optsiyasini ham grep komandasiga qo’shing.
Eslatma: grep buyrug’I find komandasiga o’xshamagan holda, ichki kataloglardan qidirmaydi. Lekin, ichki kataloglardan ham qidirish kerak bo’lsa, -R optsiyasidan foydalaning.
10. Avtomatik-to’ldirish funksiyasi nima?
Linuxda buyruqlar satrida ishlash mobaynida, uzun fayl manzillarini,
nomlarini kiritish murakkabla bo’lib ketadi. Fayl nomlari va
manzillarini avtomatik to’ldirish uchun “tab» tugmasidan foydalaning.
Buning uchun, masalan fayl nomini bosh harflarini kiriting va tabni
bosing agar shu fayl ko’rsatilgan katalogda mavjud bo’lsa, fayl nomi
qolgan qismi o’zi to’ldiriladi, yoki agar ikki marta ketma-ket tab
tugmasi bosilsa, shu harflar bilan boshlangan bir necha variantlar
11. Root nima?
Root Linux tizimidan to’laligicha boshqaruvga ega bo’lgan yagona foydalanuvchi. U oddiy foydalanuvchi huquqi bo’lmagan operatsiyalarni bajarish huquqiga ega. Masalan, tizim direktoriyasidagi fayllarni o’zgartirish, o’chirish kabi. Root faqat tizim administratorlari tomonidan ishlatiladi.
Linuxda eng yuqori darajadagi kategoriya “/» (slash) belgisi orqali aks etadi va bu root katalogi deb yuritiladi. /home va boshqa tizim kataloglari ham ushbu katalog ichida joylashadi. Lekin, root uy katalogi bilan root katalogi, ya’ni “/»(slash) ni chalkashtirib yubormang. Root uy katalogi
da joylashgan.
12. “Man page» nima?
Linux buyruqlari haqida ko’proq o’rganish uchun, Linuxning qo’llanmasiga
murojat qilishingiz mumkin. Bu “man page» deb yuritilib, unga kirish
uchun buyruqlar satridan man komandasi va kerakli buyruq nomi beriladi.
Masalan, rm buyrug’I haqida ma’lumotlar olish uchun “man rm» ni
kiriting. Linux buyruqlari haqida ko’plab foydali ma’lumotlarni shu yo’l
bilan topishingiz mumkin.
Xulosa
Ushbu maqolada Linux buyruqlariga yuzaki to’xtalib o’tdik. Linuxda
judayam ko’plab komandalar mavjud, lekin boshlang’ich foydalanuvchilar
uchun yuqoridagi ma’lumotlar eng muhimlari deb o’ylayman. Agar maqolada
biror joyida tushunmovchilik bo’lsa, savollar bilan bemalol murojat
Linux, afzalligi va kamchiliklari
Linux operastion tizimini hozirgi kundagi eng ommabop xisoblanmish Windows operastion tizimi bilan solishtirar ekanmiz, biz uni afzallik va kamchiliklarini ko’rib chiqishimiz lozim. Umumiy oladigan bo’lsak Linux operastion tizimini Windows operastion tizimidan zo’r yoki yomon deb aytish noto’g’ri bo’lardi. Chunki Linux operastion tizimi umuman boshqa arxitekturali operastion tizimdir.
Linux operastion tizimida Windows operastion tizimi oilasiga mansub operastion tizimlardagidek «ПУСК» menyusi yoki bo’lmasa, lokal disk «С:/» ning yo’qligi yangi foydalanuvchiga biroz o’zgacha tuyulishi mumkin. Bu albatta moxir foydalanuvchi yoki dasturlovchi uchun hech qanday to’siq bo’la olmaydi.
Linux bu birgina operastion tizim emas, balki shu nomdagi yadro asosida yaratilgan operastion tizimilar oilasidir. Linuxning juda ko’p distributivlari mavjud: Debian, Fedora, Gentoo, Mandriva, openSUSE, Red Hat, Slackware, Ubuntu. Ularning barchasini birgina yadro birlashtirib turadi.
Biz ushbu saxifamizda Linuxning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini sanab o’tamiz.
Linux operastion tizimi distributivlari mutlaqo bepul tarqatiladi va yangi chiqqan utilitlar va dasturlar ham shular jumlasidandir. Linux operastion tizimiga egalik qilish huquqi xech kimga berilmagan. U erkin tarqatiladi. Linux distributivlari uchun qo’shimcha yangiliklar, dasturlar, utilitlar dunyodagi ko’pgina dasturlovchilar birlashgan forum va loyixalarda ishlab chiqiladi.
Windows operastion tizimida biror bir xato yoki kamchilik paydo bo’lsa uni faqatgina Microsoft kompaniyasining o’zigina to’g’rilay oladi va faqatgan rasmiy saytdan uning yangilangan paketlarini yuklab olish mumkin. Linux operastion tizimida xato yuzaga kelsa, uni dasturchilar forumi yordamida bartaraf etish mumkin. Buning sababi Linux ochiq kodli operastion tizim, Windows esa yopiq kodli operastion tizimligidadir.
Linux ni faqat dasturchilar yoki moxir foydalanuvchilar uchun yaratilgan operatsion tizimi deb o’ylovchilar qattiq yanglishadi. Chunki xozirgi kunga kelib oddiy foydalanuvchilar uchun qo’l keladigan KDE, GNOME, Unity kabi grafik muxitlar mavjud. Ular yordamida turli xil darajadagi foydalanuvchilar operastion tizimida ishlashlari mumkin.
Windows muxitida ishlab o’rgangan foydalanuvchi Linux operastion tizimi grafik muxitiga moslashishi qiyin kechishi aniq chunki unda menyular va boshqa yarliklar odatiy joyda joylashmagan. Xuddi shunday Linux grafik interfeysida ishlab o’rgangan foydalanuvchi Windows muxitiga moslashishi qiyin kechadi va bir qancha noqulayliklarga duch kelishi aniq.
Linux da viruslar yo’q!
Umuman olganda Linux operastion tizimi uchun ham viruslar mavjud ammo ularni topish juda qiyin. Operastion tizimning xavfsizlik mexanizmi sodda va ishonchli tuzilgan: operatsion tizimning ishlashiga bevosita ta’sir qiluvchi va xavf tug’diruvchi omillar(tizim sozlashlarini o’zgartirish, dasturlarni o’rnatish va o’chirish uchun administrator paroli so’raladi) yuzaga kelmaydi. Administrator ruxsatisiz tizimda hech qanday o’zgartirish kiritib bo’lmaydi. Linux muxiti faqat siz ruxsat bergan dastur uchun zarur jarayonni ishga tushiradi.
Linux o’rnatish jarayoni biroz qiyin
Linux distributivi turiga qarab, uni o’rnatish jarayoni farq qiladi. Ba’zi distributivlarda Windows kabi grafik muxit mavjud bo’lsa, ba’zilarida konsol muxitida o’rnatish amalga oshiriladi. Ana shu konsol muxiti buyruqlar bilan ishlashni talab qiladi. Bu esa hamma foydalanuvchilarni qo’lidan kelmaydi.
Linux geymerlar uchun emas.
Hozirgi kunga kelib Linux operatsion tizimi uchun yaratilgan o’yinlar Windows uchun yaratilgan o’yinlar bilan tenglasha olmaydi. Linux ni tanlagan foydalanuvchi undan o’yin o’ynashni niyat qilmasligi aniq. Agar siz kelajakda katta video xajmdagi o’yinlarni o’rnatish niyatingiz bo’lsa, u holda Windows ni tavsiya qilamiz.
Linux, mohir dizaynerlar uchun emas.
Afsuski, bu xaqiqat. Ammo bu sizning qaysi soxa mutaxassisi ekanligingizga ham bog’liqdir. 3D grafikasi bilan ishlovchi dizaynerlar uchun Linux operastion tizimi da Blender dasturi qo’l keladi. Ammo ushbu dastur 3ds Max kabi natija bermasligi mumkin. Yoki bo’lmasa Windows dagi Adobe Photoshop uchun Linux da GIMP dizaynerlik dasturi mavjud.
Linux IT – texnologiya bilan bevosita bog’liq foydalanuvchilar uchun yaratilgan operastion tizimdir.
Linux ga drayverlar kerak emas.
Linux sizni kompyuteringiz uchun drayverlar qidirishdan ozod etadi. Shuningdek linux birinchi yuklangandayoq unda kolonka, mikrofon, printer, skaner kabi qurilmalar ishlashni boshlaydi. Ular uchun qo’shimcha dasturlarni o’rnatish shart emas. Ammo video adapterlar uchun qo’shimcha drayverlarni o’rnatish lozim. Biroq ular Windows operastion tizimidagi kabi yuqori ishlab chiqaruvchanlik bilan ishlamaydi.
Linux operatsion tizimida Samba serverni sozlash
Ko’p hollarda Windows va Linux operatsion tizimlari bilan bir vaqtda ishlashga to’g’ri kelib qoladi. Bu ikki operatsion tizim bir-biridan keskin farq qiladi, hattoki fayl tizimlari ham xar hil. Shunday bo’lsa ham, har birining o’z o’rni bor. Linux operatsion tizimi asosan biror server yaratishda foydalanilsa, windows esa doimiy ish jarayoni uchun qulaydir.
Ma’lumot almashishga kelsak, tarmoqdagi windows operatsion tizimidan turib Linux operatsion tizimi kataloglarini bevosita ko’rib bo’lmaydi. Uning uchun xar hil protokollardan yoki dasturlardan foydalanish lozim. Bularning ichida eng soddasi linux operatsion tizimida mavjud bo’lgan Samba serverdir.
Samba server orqali, windows operatsion tizimidan turib linux operatsion tizimi kataloglarini(oldindan ajratilgan) oddiy windows tizimidagi kabi ko’rish mumkin bo’ladi, hattoki linux tizimi kataloglarini tarmoq diski ko’rinishiga ham keltirib qo’yish mumkin. Maqolada linuxning Red Hat distributividan foydalanildi. Kodlar hammasi Red hatda tekshirilib chiqilgan. Boshqa distributivlar uchun kodlarning ko’rinishi sal boshqacharoq bo’lishi mumkin.
Dastlab linux operatsion tizimida samba serveri paketlari(samba, samba-common, samba-client) o’rnatiladi.
1 | yum install samba |
Undan so’ng samba foydalanuvchi yaratib olamiz, ya’ni windows operatsion tizimidan turib, samba foydalanuvchisi orqali linux tizimiga kiriladi. Foydalanuvchi yaratib, parol ham berib qo’yamiz:
5
new samba password:
retype new smb password:
Foydalanuvchi va uning parolini yaratib oldik, endi samba serverni sozlaymiz. Uning bitta sozlovchi fayli mavjud: /etc/samba/smb.conf
Shu faylni biror redaktorda ochamiz va quyidagilarni Share Definitions bo’limiga kiritamiz.
[TMP]comment = TMP
path = /tmp
writeable = yes
guest ok = yes
comment — ilova, istalgan so’z yoki gap bo’lishi mumkin.
path — linux tizimidagi qaysi katalogni windows imi orqali ko’rish kerakligini ko’rsatamiz.
writable — shu katalogga yozishga ruxsat.
guest ok — istalgan samba foydalanuvchisi billan kirish mumkin.
YUqoridagilarga quyidagilarni ham qo’shish mumkin:
valid users = test(faqat test foydalanuvchisi tizimga samba orqali kira oladi)
write list = users1(users1 foydalanuvchisi samba katalogga yoza oladi)
YUqorida samba serverni sozlovchi faylining asosiy parametrlarini ko’rsatib o’tdim, serverni chuqurroq sozlamoqchi bo’lsangiz boshqa parametrlariga ham e’tibor bering(ularni internetdan ktopib olasiz).
Samba server tayyor bo’ldi, endi uni ishga tushiramiz:
1 | # service smb start |
yoki slujbadan smb xizmatini yoqib qo’yamiz.
«start» o’rnida «stop«, «restart» komandalari ham bo’lishi mumkin, mos ravishba serverni to’xtatadi yoki qayta yuklaydi.
Endi windows kompyuterdan linux tizimining «IP» adresini terib «samba»ga ulanasiz va samba foydalanuvchi nomi va parolini tergan holda, linux operatsion tizimida ruhsat berilgan kataloglarni ko’rishingiz va sozlangan fayl asosida katalog va fayllarni ishlatishingiz mumkin bo’ladi.
NFS server va uni sozlash
NFS(Network File System) — bu termin tarmoqli fayl tizimi deb yuritiladi. Nomidan ko’rinib turibdiki, bevosita tarmoq bilan bog’langandir. Bu termin klient-server arxetekturasida ishlaydi, ya’ni bitta serverga bir necha klientlar ulanib ishlashi mumkin bo’ladi. Server kompyuterga server qismi, klient kompyuterga klient qismi o’rnatiladi.
Demak, NFS o’zi nima? misol uchun, agar siz biror tarmoq a’zosi bo’lsangiz va sizga shu tarmoqdagi boshqa kompyuterning biror katalogi kerak bo’lib qolsa, siz tarmoqdagi kerakli katalog kompyuteriga murojaat qilib, hujjatlarni olishingiz mumkin bo’ladi(agar o’sha kompyuter ruhsat bersa). NFS server orqali esa siz, tarmoqdagi istalgan kompyuter kataloglarini o’zingizni katalogingiz sifatida ko’rishingiz mumkin bo’ladi.
Hujjatlar boshqa kompyuterda joylashgan bo’ladi, lekin siz bu hujjatlarni o’zingizning kompyuteringizda saqlanayotgandek bo’lasiz. Qisqasi, NFS server, tarmoqda fayllar almashinuvini soddalashtirish uchun qo’llaniladi. Agar yuqoridagi nazariy tushuntirishni tushunmagan bo’lsangiz, quyida misol orqali tushunmagan joylaringizni tushunib olishingiz mumkin bo’ladi.
NFS serverni tushuntirishda Linux operatsion tizimining Red Hat distributividan foydalandim va barcha kodlar bu operatsion tizimda xatosiz ishlaydi. Boshqa distributivlarda ham ishlashi kerak(yana bilmadim).
NFSni ishlashi uchun operatsion tizim(red hat)da «system-config-nfs.rpm» nomli paket o’rnatilgan bo’lishi lozim. Bu paket orqali ham nfs serverni, ham nfs kliyentni sozlash mumkin. Boshqa distributivlarda server qismi uchun:
1 | # sudo apt-get install nfs-kernel-server nfs-common portmap |
klient qismi uchun:
1 | # sudo apt-get install portmap nfs-common |
larni o’rnatish lozim.
NFS server qismini sozlaymiz(misol uchun 192.168.1.17).
Server qismini sozlash faqatgina bitta fayl orqali amalga oshiriladi. /etc/export. Shu fayl ichiga quyidagilarni yozamiz:
1 | /home/user/akmx 192.168.1.18 (rw,no_root_squash,async) |
va saqlaymiz. Bu yozuvdan quyidagilarni tushunish mumkin:
/home/user/akmx — boshqa kompyuterlar uchun ochiq bo’lgan katalog
192.168.1.18 — NFS klient kompyuterining IP adresi(shu kompyuter NFS serverdagi /home/user/akmx katalogni o’zining katalogi sifatida o’rnatishi mumkin).
rw — o’qish va yozishga ruhsat. Bu qiymat yana quyidagicha bo’lishi mumkin:
ro — faqat o’qishga ruhsat
noaccess — hech qanday ruhsat yo’q. Bu qiymat, barcha kompyuterlarga ochiq faqatgina biror kompyuterdan ruhsatni olib tashlash uchun ishlatiladi.
no_root_squash — odatda root foydalanuvchisi o’rnatilgan katalogga kira olmaydi, biz bu jarayonni o’zgartirib, root foydalanuvchisi ham kirsin deb o’rnatmoqdamiz.
Shu birgina qator orqali NFS server qismi sozlandi, endi serverni ishga tushiramiz:
1 | # /etc/init.d/service nfs start |
1 | # /etc/init.d/service nfs stop |
serverni qayta yuklash
1 | #/etc/init.d/service nfs reload |
bu jarayonlarni operatsion tizimning «Services»(Службы) qismidan ham amalga oshirish mumkin.
Endi klient qismiga o’tamiz. 192.168.1.18 kompyuterni sozlaymiz.
Dastlab yuqoridagi katalog uchun joy tayyorlaymiz, ya’ni biror joyda bo’sh katalog hosil qilamiz.
So’ng, ochilgan katalogga yuqoridagi katalogni montirovka qilamiz. Uning uchun /etc/fstab faylini ochib, ichiga quyidagilarni yozamiz.
192.168.1.17: /home/user/akmx /akmx nfs rw,hard,intr 0 0
va saqlaymiz. 192.168.1.17 — bu nfs server kompyuterining adresi. Bu faylga yozishdan maqsad, kompyuter o’chib yonganda ham, montirovka saqlab qolinadi. Davom etamiz, yoki kompyuterni o’chirib yoqamiz, yoki quyidagi komandani terminalga yozamiz.
So’ng hosil bo’lgan /akmx katalogiga o’tamiz va 192.168.1.17 adresidagi /home/user/akmx katalog ichidagi hujjatlar, shu yerda ham paydo bo’lganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Hulosa shuki, NFS server orqali, uzoqdagi kataloglarni, o’zingizning katalogingizga nusxasini olishingiz mumkin bo’ladi.
LVM hajmini o’zgartirish. Barcha LVM komandalari
Bu maqoladan so’ng siz LVM ni to’liq bilib olishga erishasiz. Albatta bundan boshqa maqolalar ham bo’lishi mumkin, lekin ular unchalik muhim emas(klonlash. ).
LVM haqida «Linuxda, disklarni boshqarish haqida» maqolada tushuntirib o’tdim. Bu eng asosiy maqolalardan biri hisoblanadi. Undan so’ng «LVM – logik disklarni boshqarish(kodlar orqali)» maqolada LVM ni amaliy jihatdan ko’rsatib, to’liq yaratishni tushuntirib o’tdim. Bu maqolada LVM ustida amallar bajaramiz, ya’ni uni kattalashtiramiz va kichiklashtiramiz. Oxirida shu mavzuga oid barcha komandalani sizlarga taqdim etdim. Qolgan ishlarni o’zingiz shu komandalar orqali qilishingiz mumkin bo’ladi. Man bu mavzuga qaytmaslikga harakat qilaman, chunki hali ko’rsatadigan narsalar juda ko’p. Demak boshladik…
LogicalVolume(logik tom) xajmini kattalashtirish.
Uning uchun oldin VolumeGroup xajmini kattalashtirish kerak so’ng fayl tizimini o’zgartiramiz. Misol uchun, bizda 15 Gb va ext3 fayl tizimidagi logik tom mavjud, uni 20Gb ga oshiramiz:
12 | # lvextend -L 20G VolGroup00/lvolhome (yoki lvresize -L +5G VolGroup00/lvolhome) # resize2fs /dev/VolGroup00/lvolhome |
Siz lvresize o’rniga lvextend ni ham ishlatishingiz mumkin.
Agar siz VolumeGroup dagi barcha bo’sh joyni ishlatmoqchi bo’lsangiz:
1 | # lvextend -l +100%FREE VolGroup00/lvolhome |
LogicalVolume(logik tom) xajmini kichiklashtirish.
Fayl tizimi va LogicalVolume ning xajmi bir hil bo’ladi, shuning uchun avval fayl tizimini so’ng tom o’lchami qisqartiriladi. Keyingi harakatlar fayl tizimi turiga bog’liq bo’ladi, fayl tizimining turidan qat’i nazar oldin bu tizimni montirovkadan uzish lozim(otmontirovat). Misol ko’ramiz, 15Gb va fayl tizimi ext3 ko’rinishidagi LV bor. Uni 9Gb ga kamaytiramiz.
3
# resize2fs /dev/VolGroup00/lvolhome
LV dan razdelni o’chiramiz.
Dastlab, o’chirilayotgan razdelda mavjud ma’lumotlarni boshqa razdelga ko’chiramiz. O’chirilayotgan razdel sdb1.
Agar siz ma’lumotlarn aniq bir razdelga ko’chirmoqchi bo’lsangiz, 2 argumentga shu 2 chi razdelni ko’rsatasiz.
1 | # pvmove /dev/sdb1 /dev/sdf1 |
LV dan fizik tomni o’chiramiz:
1 | # vgreduce myVg /dev/sdb1 |
Barcha bo’sh fizik tomlarni o’chiramiz:
1 | # vgreduce —all vg0 |
Agar siz razdelni boshqa maqsadda ishlatmoqchi bo’lsangiz, uni LVM dan chiqarib olamiz:
1 | # pvremove /dev/sdb1 |
Razdellarni to’liq o’chirish
1 | dd if = /dev/zero of= /dev/diskname bs=1k count=1 |
Barcha komandalar
VolumeGroup
vgcreate создания группы томов.
vgchange -a y активация группы томов.
vgchange -a n деактивация группы томов.
vgremove удаление группы томом.
vgextend добавление физических томов в группу томов.
vgreduce удаления физических томов.
vgdisplay информацию по группе.
vgexport разрегистрировать группу томов в системе.
vgmerge объединить группы томов.
vgrename переименовать группу томов.
vgs информация о группах томов.
vgscan поиск групп томов.
vgsplit переместить физический том в новую группу томов.
vgck проверить целостность группы томов.
Logical Volume
lvdisplay информацию по созданным логическим томам.
lvcreate -LTTTG -nXXX создание логтческого тома XXX размером TTT.
lvchange изменить атрибуты логического тома.
lvremove удаление логических томов.
lvrename переименовать логический том.
lvextend -LXXG увеличение логических томов.
resize2fs увеличить размер файловой системы.
lvreduce -L-XXG уменьшение логических томов.
lvresize изменить размер логического тома
lvscan список логических томов во всех группах томов.
lvs информация о логическом томе.
lvmdiskscan устройства которые могут быть использованы как физический том.
lvmsadc данные об активности использования LVM.
lvmsar отчёт об активности использования LVM.
Pysical Volume
pvcreate создание в начале диска дескриптор группы томов
pvdisplay информацию по физическим томам.
pvmove передвигаю содержимое с 1 диска на 2
pvremove удалить метку LVM с физического тома.
pvresize изменить размер физического тома.
pvchange атрибуты физического тома.
pvdata информация о физическом томе.
pvs информация о физическом томе.
pvscan список всех физических томов.
LVM — logik disklarni boshqarish(kodlar orqali)
Nazariyotdan amaliyotga ham yetib keldik. Agar nazariy qism bilan tanish bo’lmasangiz, «Linuxda, disklarni boshqarish haqida» maqolasini o’qing. Quyida disklarni boshqarishni to’liq misollar orqali ko’rsatib o’taman.
Disk nomlari sizning diskingiz nomlaridan farq qilishi mumkin va siz nomlarni berishda adashib ketmasligingiz uchun ogohlantirib o’tmoqdaman.(man /dev/sdb, dev/sdc) Bu komandalar linux ning Oracle Linux(Redhat) va Ubuntu distributivlarida tekshirib chiqilgan va qolgan distributivlarida ham ishlashi lozim. Demak boshladik…
Fizik tomni hosil qilish(physical volume(PV))
Dastlab, kompyuterga ulangan barcha disklarni ko’rib olamiz:
So’ng, bu disklardan razdellar hosil qilamiz:
n, p,1,enter, enter, w(so’rovlarga shu simvollar orqali javob beramiz)
n, p,1,enter, enter, w(so’rovlarga shu simvollar orqali javob beramiz)
Logical Volume (LVM) razdellar bilan ishlay olishi uchun, Physical Volume(PV)yaratamiz.
12 | #pvcreate /dev/sdb1 #pvcreate /dev/sdc1 |
LVM ishlata oladigan barcha PV larni ko’rish uchun, quyidagi komandani teramiz.
Volume Group(VG) hosil qilish.
Endi VG hosil qilamiz va unga nom berib, dastlabki PV ni qo’shamiz.
1 | #vgcreate Voll /dev/sdb1 |
Hosil bo’lgan Voll nomli guruhga, ikkinchi PV(/dev/sdc1) ni qo’shamiz.
1 | #vgextend Voll /dev/sds1 |
Barcha VG lar ro’yxatini va ular haqidagi to’liq ma’lumotlarni quyidagi komanda orqali ko’rishingiz mumkin bo’ladi.
Logical Volume(LV) ni hosil qilish.
Endi hosil bo’lgan VG ni qismlar(tomlar)ga bo’lamiz. Quyida 10GB lik, nomi test1 deb nomlangan LV yaratamiz.
1 | # lvcreate -L 10G Voll -n test1 |
Hosil bo’lgan LV ni /dev/mapper/voll-test1 adres orqali ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Endi 5Gb lik swap razdel yaratamiz va uni swapping deb nomlaymiz. Uni qo’shimcha parametr orqali hosil qilamiz:
1 | # lvcreate -C y -L 5G Voll –n swapping |
Endi VG da qolgan barcha xajmni o’zida qamragan, test2 nomli yana bir razdel yaratamiz.
1 | # lvcreate -l +100%FREE Voll -n test2 |
LV lar haqidagi barcha ma’lumotlarni quyidagi kommanda orqali ko’rishimiz mumkin.
LV ichida fayl tizimi yaratish va uni montirovka qilish.
Barcha LV lar yaratilgandan so’ng, ularni ishlatish kerak. Axir shuncha ishni bekorga qilganimiz yo’qku. Stooop. Ishlatishdan oldin ishchi holatga tayyor qilish lozim. Dastlab bu tomlarda fayl tizimini yaratamiz.
12 | # mkfs.ext3 /dev/mapper/Voll-test1 # mkfs.ext3 /dev/mapper/Voll-test2 |
So’ng bu tomlarni qayergadir montirovka(ulashimiz kerak) qilish lozim. Keling ularni asosiy papkalar qatoriga montirovka qilamiz. Uning uchun asosiy kataloglar qatoriga test1 va test2 degan kataloglar ochib olamiz.
12 | #mkdir /test1 #mkdir /test2 |
Va montirovka qilamiz:
12 | # mount /dev/mapper/Voll-test1 /test1 # mount /dev/mapper/Voll-test2 /test2 |
Operatsion tizim bu montirovkani esida saqlab qolish uchun, /etc/fstab fayl ichiga quyidagilarni kodlarni qo’shib qo’yishimiz lozim bo’ladi.
/dev/mapper/Voll-test1 /test1 ext3 defaults 0 0 /dev/mapper/Voll-test2 /test2 ext3 defaults 0 0
Linuxda, disklarni boshqarish haqida(LVM)
Bu maqolamda, linux operatsion tizimida, qattiq disklar(vinchester) bilan ishlashni ko’rsataman. Ko’pchilik disklar bilan ishlashni bilmagani bois, ularga ahamiyat berishmaydi yoki bilishni hohlashmaydi. Disklarni to’g’ri taqsimlash, ish jarayonini tezlashishiga olib keladi. Bu degani, ish unumdorligi ortadi. Barcha ma’lumotlar qattiq disklarda(razdellarda) saqlangani uchun ularni boshqarish juda muhim.
Disklarni boshqarishga bitta misol ko’ramiz, sizning kompyuteringizda 40Gb lik disk mavjud va u hech qanday razdellar(qismlar)ga bo’linmagan. Barcha ma’lumotlar va operatsion tizim shu diskda joylashgan. Pulingiz ko’payib qoldi va yangi 500 Gb lik vinchester sotib oldingiz. Muammo, yangi vinchesterni eskisiga qo’shish kerak va umumiy holda 540 Gb yagona vinchesterga ega bo’lish lozim(razdellarsiz yagona vinchester kabi). Shu bilan birga ma’lumotlar va operatsion tizim saqlanib qolish lozim. Agar shundoq qo’shib qo’ysangiz, alohida disk bo’lib ko’rinadi, bizga esa yaxlit kerak.
Yuqoridagi misollarga o’xshagan misollarni ko’pini keltirish mumkin. Linux operatsion tizimida disk bilan bog’liq barcha muammolarni ushbu maqola va keyin yozadigan maqolalarni o’qib chiqkaningizdan so’ng hal qilishingiz mumkin bo’ladi. Demak, eng avval disklarni boshqarish uchun ishlatiladigan quyidagi terminlar bilan tanishib chiqing. Maqola davomida terminlarni ingliz tilidagi so’zlarini ishlatishni to’g’ri deb hisobladim.
Fizik tom(angl. physical volume): biror bir qattiq disk(vinchester) yoki vinchesterdagi qismlar(razdellar).
Tom guruhlari (angl. volume group): Bir necha fizik tomlarning yig’indisiga aytiladi. Bu fizik tomlar birgalikda bitta disk ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Logik tom (angl. logical volume): disklar yig’indisi natijasida hosil bo’lgan volume group ni, boshqatdan bo’lish natijasida hosil bo’lgan tomlar.
Logical Volume Manager — Logik tomlarni boshqarish. Bu termin yuqoridagi terminlarni yig’indisi shaklida tushuniladi.
Nazariy bilimlarni mukammallashtirishni davom ettiramiz. Yuqoridagi terminlarni tushunish qiyin bo’lgan bo’lishi mumkin, lekin bu disklarni boshqarish qiyin degan fikrga olib kelmasligi lozim. Rasmda ham bu terminlar juda tushunarli qilib yoritilgan.
Linux operatsion tizimida disklarni boshqarish quyidagicha amalga oshirildi:
Dastlab, barcha disklar aniqlashtirib olinadi(kerakli disklar ulanadi) va fdisk komandasi orqali fizik tomlar yaratiladi. So’ng, barcha fizik tomlar bitta volume group ga birlashtiriladi va bitta yaxlit disk shaklida hosil qilib olinadi. Administrator yaxlit volume group ni istaganicha logical volume larga bo’ladi. Qo’pol qilib aytganda, administrator shu mexanizm orqali istalgan hajmdagi vinchesterni hosil qila oladi. Agar, yangi disk qo’shish kerak bo’lsa yoki biror bir disk ishdan chiqsa administrator volume group orqali bu ishlarni amalga oshirishi mumkin bo’ladi. Bu ishlarni keyingi maqolada tushuntirib o’taman.
Operatsion tizim o’rnatilayotganda, tizim disklarni qay tartibda boshqarish kerakligini so’rab oladi, agar administrator bu so’rovga e’tibor bermasa, tizim o’zi disklarni ajratib oladi. Ko’p hollarda tizim, avtomat yangi volume group ochib, shu group da swap razdel ham ochadi va bu volume group ni qolgan joyini ishlatish uchun taqdim etadi, lekin boot loader ni volume group ga qo’shmaydi.
Oxirgi tushuntirib o’tadigan narsam(ba’zilar uchun eslatib o’tadigan narsam) disklarni nomlanishi. Oldin ATA(PATA) ulanishdagi vinchesterlar ommalashgan edi va linux bu disklarni /dev/hda, /dev/hdb, /dev/hdc, /dev/hdd… ko’rinishda foydalanuvchiga taqdim etar edi. Albatta ulanish turiga qarab Primary Master, Primary Slave, Secondary Master,Secondary Slave. Keyin SATA/SCSI disklar chiqdi va tizim ularni /dev/sdX X — harf, disklarni ulanish ketma-ketligi bo’yicha o’zgaradi. Keyinchalik udev nomli disklarni nomlanish texnologiyasi paydo bo’ldi(2.6 yadrodan boshlab) va disklar ulanish turi va raz’yomidan qat’iy nazar /dev/sdX kabi nomlanadigan bo’ldi. Hozirgi kunda barcha linux tizimlar udev texnologiyasi bo’yicha ishlaydi.
Keyingi maqolada, berilgan nazariy ma’lumotlarni amalda ko’rsatib o’taman.
Swap fayl(раздел)ni boshqarish
Oldingi maqolamda swap nima va nima uchun kerakdegan savolga javob berishga harakat qildim. Agar swap haqida biror bir tushunchaga ega bo’lmasangiz, bu maqolani o’qishdan umuman foyda yo’q. Quyida swap xotirasiga tegishli bo’lgan va linux ning barcha distributivlarida ishlaydigan kommandalar bilan tanishishingiz mumkin bo’ladi. Bu kommandalar linux ning Oracle Linux Red Hat distributivida tekshirib ko’rilgan.
Keling, dastlab linux operatsion tizimi biz uchun qancha swap joy ajratganini bilib olamiz.
Natija quyidagicha ko’rinishga yaqin bo’lishi mumkin:
Filename Type Size Used Priority
/dev/hda1 partition 289128 0 -1
/swapfile file 819192 0 -2
Filename — swap xotira qayerda va qanday nom bilan joylashganini ko’rsatadi..
Type — ajratilgan joy tipi ko’rsatilgan bo’ladi: partition (razdel) yoki file (fayl).
Size — swap xotiraning umumiy hajmi.
Used — Hozirgi vaqtda swap xotiraning qancha qismi ishlatilayotganini ko’rsatadi.
Priority — prioritet darajasini bilish, qaysi xotira turini sistema dastlab ishlatadi?
YUqoridagi natijani quyidagi komanda orqali ham olish mumkin:
1. Swap fayl yaratamiz:
a. Dastlab, root foydalanuvchisi bilan tizimga kiramiz va terminalni ochamiz.
b. So’ng swap fayl hajmini qancha qilishimiz kerakligini o’ylaymiz va quyidagi komanda orqali swap fayl yaratamiz(misol uchun swap ni 800 Mb qilamiz).
1 | dd if = /dev/zero of= /swapfile bs=1M count=800 |
M-megabayt(MB), K-kilobayt(KB), G-gegobayt(GB) degani.
c. Linux tizimiga yaratilgan fayl swap fayl ekanini bildiramiz:
d. So’ng, yaratilgan faylni ishga tushiramiz
Agar swapon -s komandasini bersangiz, yaratilgan swap fayl qo’shilganini ko’rasiz, ahamiyat bersangiz, yangi faylning priority ustuni, -2 qiymatni qabul qilgan bo’ladi. Bu degani yangi fayl eski swap fayl to’lganidan so’ng ishga tushadi degani.
e. Hosil qilingan swap faylni vaqtinchalik o’chirib qo’yish uchun:
1 | swapoff /swapfile |
f. Linux operatsion tizimi yuklanganda, yaratilgan swap fayl o’chiq holatda bo’ladi. Tizim yuklanganda fayl avtomat qo’shilishi uchun /etc/fstab fayl ning oxirgi qatoriga quyidagi yozuvni qo’shib qo’yishimiz lozim.
1 | /swapfile none swap sw 0 0 |
g. Hosil qilingan swap faylni prioritetini quyidagicha o’zgartirish mumkin: Agar bir necha swap fayllar mavjud bo’lsa, ularning ishga tushish ketma-ketligini shu komanda orqali o’rnatish mumkin.
1 | swapon -p 1 /swapfile |
Prioritet 0-32767 gacha qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
h. Agar swap faylni o’chirib qo’ysak va shu paytda fayl ichida ma’lumot mavjud bo’lsa, biz bu ma’lumotni yo’qotib qo’yishimiz mumkin. Shuning uchun swap faylni o’chirishdan oldin ichidagi barcha ma’lumotlarni operativ xotiraga tashashimiz lozim. Quyidagi komanda, swap fayl ichidagi ma’lumotlarni operativ xotiraga tashlab, so’ng faylni tizimdan uzadi.
Kerak bo’lganda bu faylni toza holda yana ishga tushirishimiz mumkin.
2. Swap razdel(partition) yaratamiz.
a. root foydalanuvchisi bilan tizimga kiramiz
b. Kerakli razdelni swap uchun tayyorlaymiz.
c. So’ng, disk swap uchun tayyor holga kelganini tekshirib olamiz:
Natija taxminan quyidagi ko’rinishda bo’lishi lozim:
Device Boot Start End Blocks Id System
/dev/hdb1 2328 2434 859446 82 Linux swap / Solaris
d. Swap razdelni hosil qilamiz
e. Hosil qilingan razdelni ishlatish uchun, uni yoqamiz
f. Oxirida, doimiy ravishda (operatsion tizim qayta yuklanganda ham) swap razdelni ishlatish uchun, bu razdelni /etc/fstab fayliga kiritib qo’yamiz.